Samarqand viloyati Narpay tumani
Maktabgacha ta'lim bo‘limi

Davlat xizmatlari markazi tomonidan seminar tashkil etildi

Joriy yilning 16 aprel kuni tuman DXM xodimlari tomonidan tuman Maktabgacha ta'lim bo‘limi yig‘ilish zalida maktabgacha ta'lim tashkiloti deriktorlariga seminar bo‘lib o‘tdi. So‘z boshida Maktabgacha ta'lim bo‘limi AKT mutaxassisi J.Yangiboyev seminar ishtirokchilarini  kun tartibidagi masala bilan tanishtirib o‘tdi va kun tartibidagi masala yuzasidan so‘zni Narpay tuman DXM bosh mutaxassisi Z.Shukurovga berdi. Kun tartibidagi masala elektron davlat xizmatlaridan foydalanish, yani davlat xizmatlari markaziga shaxsan borgan holda hamda yagona intiraktiv davlat xizmatlari portali (my.gov.uz) orqali olish mumkiniligini aytib o‘tdi va my.gov.uz yagona intiraktiv davlat xizmatlari portalidan foydalanishning qulay ta'raflarini tushuntirishga o‘tdi: vaqtning tejalishi DXMda navbatda turmasdan tez va qulay foydalanish pulning tejalishi (DXMga borib yo‘l kira sarflanishini, shuningdek, davlat xizmatlarini  my.gov.uz sayti orqali olganda belgilangan to‘lovlar 10 foizga qisqarishini aytib o‘tdi va my.gov.uz saytidan ro‘yxatdan o‘tish va undan foydalanish tartibi to‘g‘risida tushuncha berish uchun so‘zni markaz xodimi S.Pulatovga berdi. my.gov.uz saytidan foydalanish uchun avvalambor OneID Yagona identifikatsiya tizimidan ro‘yxatdan o‘tish lozimligini aytib o‘tdi. OneID Yagona identifikatsiya tizimidan ro‘yxatdan o‘tish uchun birinchi qadamda pasport ma'lumotlari, telifon raqami kiritilishini va shu kiritilgan telifon raqamiga sms xabar kelishni hamda shu sms raqamini  kiritgan holda ikkinchi qadamga o‘tilishini ko‘rsatib o‘tdi. Ikkinchi qadamda shaxsiy ma'lumotlarni tekshirgan holda uchunchi qadamga o‘tilishini va uchunchi qadamda shaxsiy akauntga login va parol o‘rnatish lozimligini ko‘rsatib o‘tdi hamda akaunt OneID Yagona identifikatsiya tizimidan ro‘yxatdan o‘tganligini tasdiqlovchi xabarnoma telifonga kelishini aytib o‘tdi. Yig‘ilish so‘ngida qisqa savol-javob bo‘lib o‘tdi va yig‘ilish yakunlab berildi.


Kiritilgan vaqti: 19/04/2021 10:06;   Ko‘rilganligi: 28
 
Material manzili: http://narpaymtb.uz/oz/news/davlat-xizmatlari-markazi-tomonidan-seminar-tashkil-etildi
Chop etilgan vaqti: 18/05/2021 23:20