Samarqand viloyati Narpay tumani
Maktabgacha ta'lim bo‘limi

Narpay tumani davlat maktabgacha talim tashkilotlarining xujalik mudirlari va xamshiralariga pandimiya davrida bajarilishi kerak bo‘lgan ishlarini va sog‘lom turmush tarzini yanada takominlashtirish chora- tadbirlari yuzasidan tuman maktabgacha ta'lim bo‘limida seminar yig‘ilishi tashkil etildi.

O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2020 yil 12 noyabrdagi PQ-4891-sonli “Tibbiy profilaktika ishlari samaradorligini yanada oshirish orqali jamoat salomatligini ta'minlashga oid qo‘shimcha chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi qarori yuzasidan tuman maktabgacha ta'lim bo‘limi xodimlari tomonidan maktabgacha ta'lim tashkilotlaridan xujalik mudiri va xamshiralariga  seminar yig‘ilishi tashkil etildi.

So‘z boshida tuman maktabgacha ta'lim bo‘limi mudiri vazifasini vaqtincha bajarib kelayotgan B.Asomiddinova tomonidan maktabgacha ta'lim tashkilotlari xujalik mudiralari va xamshiralariga soxasiga oid ko‘nikmalar va tushunchalarni taktidlab o‘tdi.

Bo‘limning bosh xisobchisi X.Mirzayev va bo‘limning xo‘jalik ishlari bo‘yicha mutaxassisi A.Abduraxmonov tomonidan seminarda yuqoridagi masalalar va xo‘jalik ishlaridagi faoliyat yuzasidan tushuntirishlar olib bordi.

Seminar davomida bo‘limning tovar-moddiy qimmatliklar guruhi xisobchisi G.Irisova tomonidan xujalik mudirlariga ish faoliyatidagi yuritilayotgan xisob-kitob jurnallarining qay tartibda yuritilishi to‘ldirilishi hamda o‘z vaqtida xisobotlarni xato kamchiliklarsiz topshirishi yuzasidan kerakli fikirlarni takidlab o‘tdi.

Seminar yig‘ilishi so‘ngida bo‘limning oziq-ovqat guruhi xisobchisi A.Nurmamatova tomonidan xamshiralarga sog‘lom ovqatlantirish va pandimiya sharoyitida qay tartibda ish jarayonini olib borish tartiblari yuzasidan tushunchalar berildi.


Kiritilgan vaqti: 25/01/2021 20:44;   Ko‘rilganligi: 74
 
Material manzili: http://narpaymtb.uz/oz/news/narpay-tumani-davlat-maktabgacha-talim-tashkilotlarining-xujalik-mudirlari-va-xamshiralariga-pandimiya-davrida-bajarilishi-kerak-bolgan-ishlarini-va-soglom-turmush-tarzini-yanada-takominlashtirish-chora-tadbirlari-yuzasidan-tuman-maktabgacha-talim-bolimid
Chop etilgan vaqti: 19/05/2021 00:25