Samarqand viloyati Narpay tumani
Maktabgacha ta'lim bo‘limi

Narpay tumani oilaviy nodavlat maktabgacha ta'lim muassasalari rahbarlariga tuman FVB xarbiy xizmatchi hodimlari tomonidan maktabgacha ta'lim bo‘limida yong‘in xavfsizligi bo‘yicha yig‘ilish o‘tkazdi.

Joriy yilning 30 yanvar kuni tuman maktabgacha ta'lim bo‘limida oilaviy nodavlat maktabgacha ta'lim muassasalari rahbarlariga “Favqulotda vaziyatlar vazirligi” xarbiy xizmatchi hodimlari tomonidan yong‘in xavfsizligi chora-tadbirlari yuzasidan yig‘ilish o‘tkazdi.

Yig‘ilish boshida tuman FVB xarbiy xizmatchi hodimi serjant B.Fayzullayev yong‘in xavfsizligi chora-tadbirlari dasturida oilaviy nodavlat maktabgacha ta'lim muassasalarining yong‘in xavfsizligi qoidalariga amal qilishi, chora-tadbirda belgilangan vazifalarni bajarilishi talablarini tashkil etish masalalari bo‘yicha vazifalari aytib o‘tildi.

Yig‘ilish davomida FVB xarbiy xizmatchi hodimi serjant S.Bozorov tomonidan oilaviy nodavlat maktabgacha ta'lim muassasa rahbarlariga yong‘in xavfsizligi bo‘yicha amalga oshirilishi kerak bo‘lgan ta'lablar hamda xar bitta muassasada yong‘in xavfsizligi burchagi tashkil etilishi va xonalarda elektir tarmog‘idan foydalanishda yong‘in xavfzilgi qoidalariga rioya qilish, is gazidan zaxarlanish xolatlari kelib chiqishi, syultirilgan gaz balondan qay tartibda foydalanish, lokal isitish tarmog‘ida nosozliklar kelib chiqishi va ularni o‘z vaqtida oldini olish yuzasidan ogoxlantirishlar va ko‘nikmalar berildi.

Yig‘ilish so‘nggida bo‘lim mudiri vazifasini vaqtincha bajarib kelayotgan B.Asomiddinova va bo‘limning DXSH bo‘yicha mutaxassisi Yu.Qurbonov tomonidan tumandagi 4 ta sektor oilaviy nodavlat maktabgacha ta'lim muassasalari rahbarlariga joriy yilda bajariladigan ishlar va ta'lim sifatini oshirish bo‘yicha topshiriqlarni aytib o‘tdi.


Kiritilgan vaqti: 30/01/2021 15:56;   Ko‘rilganligi: 73
 
Material manzili: http://narpaymtb.uz/oz/news/narpay-tumani-oilaviy-nodavlat-maktabgacha-talim-muassasalari-rahbarlariga-tuman-fvb-xarbiy-xizmatchi-hodimlari-tomonidan-maktabgacha-talim-bolimida-yongin-xavfsizligi-boyicha-yigilish-otkazdi
Chop etilgan vaqti: 19/05/2021 00:29