Samarqand viloyati Narpay tumani
Maktabgacha ta'lim bo‘limi

Narpay tumanida ikkita Davlat maktabgacha ta'lim tashkiloti foydalanishga topshirildi

Navro‘z umumxalq bayrami munosabati oldidan tumanda ikkita MTT foydalanishga topshirildi. Shulardan biri 49-sonli maktabgacha ta'lim tashkiloti binosidir. Investitsiya dasturi asosida qurilgan 120 o‘rinli, binoda tarbiyalanuvchi bolalar uchun barcha sharoitlar yaratilgan. Investitsiya asosida qurilgan 8-sonli maktabgacha ta'lim tashkiloti ham bugun bolajonlar ixtiyoriga topshirildi. Tuman hokimi Sherzod Raxmanov va jamoatchilik vakillari ushbu muassasalarda bo‘lib bolajonlar uchun yaratilgan sharoitlar bilan tanishdi.


Kiritilgan vaqti: 18/03/2021 08:23;   Ko‘rilganligi: 30
 
Material manzili: http://narpaymtb.uz/oz/news/narpay-tumanida-ikkita-davlat-maktabgacha-talim-tashkiloti-foydalanishga-topshirildi
Chop etilgan vaqti: 22/04/2021 14:09