Samarqand viloyati Narpay tumani
Maktabgacha ta'lim bo‘limi

XOTIRA – MUQADDAS, XOTIRA - ABADIY

O‘zbekistonda asrlar davomida kahramona, o‘lkamizni himoya kilgan, uning erkinligi, mustaqilligi va xalqining tinchligi uchun kurashgan vatandoshlar xotirasiga bag‘ishlangan. Xotira va qadrlash tushunchasi chuqur ma'noga egadir. Ushbu kunda fashizmga qarshi kurashishlarda qatnashgan, o‘z Vatanini himoya qilishda joniga fido kilgan, shuningdek To‘maris, Shiroq, Spitamen, Jaloliddin Manguberdi, Nadjmiddin Kubro, kabi kahramonlar va asrlar davomida xalq orzu qilgan erkinlik uchun kurashgan Qodiriy, Behbudiy, Munavvar-qori, Cho‘lpon, Avloniy, Fitrat, Usmon Nosir kabi milliy kahramonlarimizni ruhini shod etib eslash ham farz ham karzdir. Insoniyat ikkinchi jahon urushida katnashgan, bu ayovsiz jangu jadalda kahramonlarcha halok bo‘lganlar xotirasini aslo unutmaydi.

Ikkinchi jahon urushida halok bo‘lgan minglab yurtdoshlarimiz xotirasini yod etish, olovli janggohlardan omon qaytgan bobolarimizga, og‘ir kunlarni sabr-bardosh bilan yenggan, mashaqqatli daqiqalarda ham o‘zligini yo‘qotmagan, iymoni butun yurtdoshlarimizga hurmat-ehtirom ko‘rsatish tom ma'noda milliy qadriyatga aylandi.

Shu munosabat bilan 9 may xotira va qadrlash kuni Narpay tumanida munosib nishonlandi. Joriy yilning 8-may kuni tamandagi tashkil etilgan xotira maydonida barcha tashkilotlar motamsaro ona xaykali poyiga gulchambarlar qo‘yishdi.

Vatanimiz tinchligi, yurtimiz farovonligi yo‘lida kurashgan ota-boblarimizni yod etarkanmiz, ular bosib o‘tgan og‘ir yo‘llar ko‘z oldimizda gavdalanadi. Ularning jasoratli va mashaqqatli hayotlari bizga va farzandlarimizga doimo o‘rnak bo‘lib xizmat qiladi. Hozirgi tinch-osoyishta hayotimiz, musaffo osmonimiz uchun ajdodlrimizga cheksiz minnatdorlik bildiramiz.


Kiritilgan vaqti: 10/05/2021 20:13;   Ko‘rilganligi: 25
 
Material manzili: http://narpaymtb.uz/oz/news/xotira-muqaddas-xotira-abadiy
Chop etilgan vaqti: 14/06/2021 18:45