Samarqand viloyati Narpay tumani
Maktabgacha ta'lim bo‘limi

YANA BIR DAVLAT MAKTABGACHA TA'LIM TASHKILOTI BINOSI FOYDALANISHGA TOPSHIRILDI

Narpay tumani "Nog‘oraxona" MFYda 31-maktabgacha ta'lim tashkiloti qayta barpo etildi. Kichkintoylar uchun shinam va qulay 75 o‘rinli bog‘cha binosining qurilishiga mahalliy byudjet hisobidan 2 milliard 400 million so‘m mablag‘ sarf etildi.

Ushbu binoning ochilish marosimida so‘zga chiqqan tuman hokimi va nuroniylar bolajonlarni bog‘chaga qamrovini oshirish yuzasidan qilinayotgan amaliy ishlar haqida to‘xtalib, yangi tarbiya o‘chog‘i qurilishini murakkab vaziyatlarga qaramasdan sifatli amalga oshirgan “Tolib Karmana” MCHJ bunyodkorlari shaʼniga iliq fikrlar bildirib o‘tdi.


Kiritilgan vaqti: 13/07/2021 10:22;   Ko‘rilganligi: 11
 
Material manzili: http://narpaymtb.uz/oz/news/yana-bir-davlat-maktabgacha-talim-tashkiloti-binosi-foydalanishga-topshirildi
Chop etilgan vaqti: 27/07/2021 15:18